Marat Bikmaev uch yil oldingi "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida: "O'yindan juda yaxshi taassurotlar qolgan"

Xayrulla Xoliqov
21 apr 2020, 14:39
2017 yilning 21 aprel kuni "Lokomotiv" safarda "Paxtakor" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.

"Lokomotiv" yetakchilaridan biri Marat Bikmaev uch yil oldin aynan shu kuni bo'lib o'tgan uchrashuvni yodga oldi. 

- "Juda qiziq o'yin bo'lgandi. Ikkita gol urganim ham esimda. Birinchisini penaltidan urganman. Ikkinchi golni Maxaradze to'pga bosh bilan zarba berganidan so'ng Lobanov qaytargan va qaytgan to'pni bo'sh darvozaga kiritgandim". 

- "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi bahslar doim qiziq kechgan. Chunki bu derbi hisoblanadi. Alashmasam, o'sha o'yinda Stanislav Andreev bizga penaltidan gol ura olmagandi. Qolaversa, "Paxtakor"ning ikki futbolchisi qizil kartochka olgan". 

- "Bu uchrashuv biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. 2017 yil chempion bo'lganmiz va chempionlikda mana shu g'alabaning hissasi katta bo'lgan. Umuman olganda o'yindan juda yaxshi taassurotlar qolgan", - deydi Marat Bikmaev. 


Oliy liga, 7-tur. 21.04.2017

"Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:2

Gollar: Adnan Oraxovac (35) - Marat Bikmaev (25-penalti, 81).

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz