Maradona Venesuela terma jamoasini boshqarishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
2 iyul 2014, 20:57
Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Diego Maradona Venesuela terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida aytib o'tdi.

"Men jiddiy loyihalar qidirmoqdaman. Venesuela? Bo'lishi mumkin. Biz prezident Nikolas Maduro bilan bu haqida gaplashib olamiz", - deydi Maradona.

Venesuela Janubiy Amerika terma jamoalari ichida hech qachon JCHda qatnashmagan yagona jamoa hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Maradona JCH-2010da Argentina terma jamoasini boshqargan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru