Maradona: "Messi jahon chempionatining "Oltin to'pi"ga loyiq emas"

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 11:49
Argentina terma jamoasining sobiq murabbiyi Diego Maradona, argentinalik futbolchilarni maqtadi.
"Biz Argentina bayrog'ini munosib himoya qildik. Nemislar argentinalik himoyachilar bir-birlarini tushunmaganligi tufayli bizni yutishdi, ammo ular hech bir jabhada bizdan ustun emasdilar. Ular jamoamizga hurmat bilan qarashdi.

Marketing bilan shug'ullanuvchi insonlar Messiga u g'olib bo'lmagan narsani sovg'a qilishmoqchi. Leo hattoki "Oltin to'p"ni olgisi ham kelmagandek tasavvur uyg'otdi. Xames Rodrigesni eng yaxshi deb hisoblayman", - deydi Maradona.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com