Maradona: "Messi tanqidlarga e'tibor qaratmasligi kerak"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 13:14
Argentina terma jamoasi sobiq ustozi Diego Maradona tanqid ostida qolib ketayotgan milliy jamoa hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Messi tanqidlarga e'tibor bermasligi kerak. Milliy jamoaning muvaffaqiyatsizligi uning aybi emas. U tashkillashmagan jamoada o'ynayapti. Ularning hamma natijasi Messiga bog'liq. Leo kuchli futbolchi va buni isbotlashi shart emas" - deydi Maradona.

Eslatib o'tamiz, Argentina hamda Venesuela o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 1:3 hisobida argentinaliklar mag'lubiyati bilan yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net