

-Jarohat bezovta qilganligi bois jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi ilk mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Ammo hammasi ortda qoldi. Yangi yildan keyin rahbariyat bilan uchrashib, shartnoma borasida kelishib oldik.Bosh murabbiyimiz ham menga ishonch bildirishini ma'lum qildi. Shu bois yangi shartnomaga imzo chekib, jamoaning Turkiyadagi mashg'ulotlariga qo'shildim. Kuni kecha Qozog'istonning “Qiziljar” jamoasiga qarshi maydonga tushdim, - deydi 32 yoshli futbolchi.



