

Mutaxassis o'z fikrlarini bildirar ekan, jumladan, shunday deydi:
Qiziqarli va hujumkor o'tgan o'yinda katta ustunlik bilan o'ynab, kerakli g'alaba va muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik. O'yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman va stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bizni yana muhim 3 o'yin kutmoqda. Kelgusi uchrashuvlarga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsad OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish va buning uchun oxirigacha kurashamiz.
Eslatib o'tamiz, bugun bo'lib o'tgan uchrashuvda AGMK jamoasi "Dinamo"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.



