Manuel Pellegrini: Yovetich o'zining yuqori saviyadagi futbolchi ekanligini isbotlashi lozim

Aziz Tukhtamuradov
7 fev 2015, 19:30
Manchester Siti bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Stevan Yovetichning Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berib o'tdi.
"Uni ro'yhatdan tushirib qoldirish qiyin qaror bo'ldi. Ammo, bu yil UEFAning taqiqlari sababli bizda cheklovlar mavjud. Bizga jarima maydoni ichida harakatlana oladigan Boniga o'xshagan futbolchi zarur edi.

Yovetich hali o'zining nimalarga qodirligini isbotlaydi.

Nima bo'lganda ham bunday qarorga kelish oson bo'lgani yo'q", - deydi chililik murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru