
“Albatta futbolchilar shanba kungi mag'lubiyatdan xulosa chiqarishgan holda yaxshi o'ynashadi deb umid qilaman.
Biz musobaqani yaxshi boshladik va shu ruhda davom etishimiz kerak. O'z maydonimizda bo'lsa ham, guruhimizdagi eng jiddiy raqibga qarshi o'ynashimizni juda yaxshi tushunib turibmiz. Lekin biz bor kuchimizni ishlatgan holda yaxshi futbol namoyish etishimiz kerak.
“Bavariya” kuchli jamoa ekanligini bilamiz, biroq shunga qaramay ochko olishimiz shart. Durangga erishish fikri bilan maydonga tushmaymiz. O'yinning birinchi daqiqalaridan g'alaba uchun kurash olib boramiz”, - deydi chililik mutaxassis.