
Bu ajoyib tajriba maktabi bo'ldi. Muvaffaqiyatimizning asosiy siri - barchamiz bir jamoa bo'la oldik. Braziliyaga faqat bir maqsad bilan kelgandik va o'z niyatimizga erishdik. Mundialga tayyorgarlik paytida bir necha yo'qotishlarga duch keldik. Marko Roys chempionat starti oldidan jarohat olib safimizni tark etdi. Shmelcer, Gyundogan kabi futbolchilar ham jahon chempionatiga biz bilan birga kela olishmadi. Lekin ularni ham chempion deb atasak bo'ladi. Biz bir jamoamiz.
Men? Noyer faqat o'z ishini qildi va jamoasi uchun ishladi. Bu mening emas, butun Germaniya terma jamoasining yutug'i hisoblanadi.