Manjukich "Torino"ga qarshi bahsdan ko'ngli to'lmadi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2016, 15:18
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich "Torino"ga qarshi A Seriyaning 16-tur bahsidan (3:1) ko'ngli to'lmadi.

Xorvatiyalik uchrashuvning 71-daqiqasida almashtirildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Manjukich maydonni tark etayotganida suv idishni tepdi va devorni urdi. Futbolchi g'alabani jamoadoshlari bilan nishonlashni istamadi. "Yuventus" himoyachisi Patris Evra xatto Manjukichni tinchlantirishga ham urinib ko'rdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport