Manjukich: "O'zgarishlarni yoqtirmayman va his tuyg'ularimni yashirmayman"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2016, 17:43
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich uni almashtirishlarini yoqtirmasligini aytdi.

"His-tuyg'u, mardlik va g'urur muhim tushunchalar sanaladi. Ular nafaqat futbolda, balki hayotda nimaga intilishimni namoyish qiladi. His tuyg'ularimni yashirolmayman, robot emasman. O'zgartirishlarini yoqtirmasligim ham odatiy holat" - deydi Manjukich.

Joriy mavsumda Mario Manjukich A Seriyaning 16 ta uchrashuvida maydonga tushdi, ammo ularning faqat 6 tasida bahsni oxirigacha o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia