Mane o'zining orzular jamoasini tuzdi

Alisher
9 apr 2020, 11:07
"Liverpul" forvardi Sadio Mane o'z orzular jamoasida ko'rishni xohlagan besh o'yinchini aytdi.

Senegallik futbolchiga yoshligida Ronaldinyo va El Xaji Diufalar yoqqan.

- Menga shuningdek Samuel Eto'O yoqadi. U ajoyib o'yinchi. Yaya Ture ham, u kuchli va ... men Messini tanlayman, albatta Messini!, - deydi Mane.

Mane joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 26ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SPORTbible