
Ayni paytda "Yuventus" futbolchilari shok holatidalar. Allegrini oldida oson bo'lmagan vazifa turibdi. Allegri "Yuventus"dek jamoani boshqarish baxtiga muyassar bo'lganidan xursand bo'lishi kerak. O'ylashimcha, yangi mavsumda "Napoli" chempionlikni qo'lga kiritadi. "Napoli" jamoasi ancha qiziqarli klub. Benitez o'z jamoasini yaxshi biladi va yangi mavsumda ular kuchayishni rejalashirishmoqda. "Napoli"ga chempionlik poygasida "Yuventus", "Roma" va balki "Milan" jamoasi ham raqobat qilish mumkin.