"Manchester Yunayted"ning avgust oyidagi eng chiroyli goliga raqib futbolchisi kiritgan to'p asosiy nomzod bo'lib turibdi

Оқил Абдубарноев
19 avg 2022, 21:54
"Manchester Yunayted" dushanba kuni "Liverpul"ga qarshi o'yinda gol ura olmasa, avgust oyidagi eng yaxshi golini avtogol muallifiga topshirishga majbur bo'lishi mumkin.

Ushbu sovrin "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan "Brayton" futbolchisi Mak Allisterga taqdim etilishi mumkin. Sababi "qizil iblislar"ning biror o'yinchisi ushbu oyda na "Brayton"ga, na "Brentford" darvozasiga yo'l topa oldi. Jamoa hali birorta ochkoga ega emas. Agar klub "Liverpul"ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg'ol qila olmasa, o'z-o'zidan avtogol urgan Allister mankunianlarning oy goli muallifiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Star