"Manchester Yunayted"dan tushayotgan taklif tufayli Varan "Real" bilan shartnomasini uzaytirmadi

Mirjalol Normatov
3 iyun 2021, 22:51
Himoyachi Rafael Varan "Real" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

"ABC" xabariga ko'ra, futbolchiga "Manchester Yunayted" 5 yillik shartnoma va "Real"dagidan anchagina ko'proq maosh taklif qilmoqda. Shu boisdan u "Real" taklif qilayotgan shartnomaga imzo chekmoqchi emas.

Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Uning transfer narxi 70 mln evroni tashkil qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ABC