"Manchester Yunayted" yanvarda o'z himoyachisini sotib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 13:20
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou yanvarda klubini o'zgartirishi mumkin.

Ingliz futbolchisi mankunianlar ustozi Joze Mourinyo rejalariga kirmaydi va qishda sotib yuboriladi. "Qizil iblislar" 22 yoshli o'yinchining transferidan kamida 20 mln. funt ishlab olmoqchi.

Lyuk Shou xizmatlariga "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda, ammo turklar futbolchini ijaraga olmoqchi, MYU esa undan qutilmoqchi. Shouning o'zi Angliyada qolmoqchi.

Himoyachining shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi, ammo MYU uning transferidan ko'proq puli ishlash uchun, kelishuvni avtomatik uzaytirish bandini faollashtirish niyatida. Joriy mavsum Lyuk Shou biror marta maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times