

MYU sobiq o'yinchisi Lui Saa jamoa o'yinidagi muammolar haqida gapirdi.
"Siti" qanchalik yaxshi ekanini hisobga olsak, derbidagi mag'lubiyatni ma'lum darajada qabul qilish mumkin, ammo gap o'yin haqida. Jamoalar o'rtasidagi farq nihoyatda katta, MYUning o'yini mening g'ashimni keltirdi. U o'z o'yinini namoyish etmadi, futbolchilarga bunday uchrashuvlarda o'zini ko'rsatish uchun psixologik barqarorlik va tajriba yetishmayapti.
Yarim himoyada ijodkorlik yo'q, futbolchilar noto'g'ri qarorlar qabul qilishyapti. Hujum chizig'i vakillari imkoniyatlardan unumli foydalana olishmayapti Xoylund yaxshi vaziyatlarni ko'kka sovurmoqda. Buni tomosha qilish qiyin edi", – dedi Saa.



