"Manchester Yunayted" Ronalduni sotmaydi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 11:48
"Manchester Yunayted" hujumchi Krishtianu Ronalduni sotmaslikka qaror qildi.

Bunga sabab sifatida futbolchining jamoaga juda kerakligi aytilmoqda. Portugaliyalik bilan biror klub muzokaralar olib bormayapti, deb yozadi Fabricio Romano.

"Manchester Yunayted" rahbariyati ham, Erik ten Xag ham uning qolishini, jamoaning asosiy bo'lashi bo'lishini istamoqda.

Oldinroq "Chelsi" va "Bavariya" kabi klublar portugaliyalikni qo'lga kiritishga harakat qilgani aytilgandi. Biroq rasmiylar bu ma'lumotni yolg'on deb atashdi.

Yakunlangan mavsumda forvard barcha turnirlarda 39 o'yinda qatnashib, 24 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal