"Manchester Yunayted" polshalik hujumchini nishonga oldi

Alisher
9 yanv 2020, 14:55
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Polshalik straykerning transferi 60 million funt atrofida baholanmoqda.

Milikka "Manchester Yunayted"dan tashqari Madridning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Arkadiush joriy mavsum A Seriyada 9ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli hujumchi "Napoli"ga 2016 yilda "Ayaks" klubidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun