Shifokorlar "Bavariya" murabbiyi Kompaniga aniq tashxis qo'ya olishmayapti

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 20:23
Shifokorlar "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompaniga hanuzgacha aniq tashxis qo'ya olishmayapti. Bu haqda sport.de nashri xabar bermoqda.

Juma, 23 oktyabr kuni "Zebener Shtrasse" bazasidagi mashg'ulotlar vaqtida mutaxassis hushidan ketgan va buning oqibatida elkasidan jarohat olgan edi. Bundan oldin u kun davomida kuchli bosh og'rig'idan aziyat chekkan. So'nggi kunlarda Kompani kompleks nevrologik tekshiruvdan o'tdi, biroq dushanba holatiga ko'ra aniq tashxis haligacha ma'lum qilinmagan.

Qayd etish lozimki, murabbiy sog'lig'idagi muammolar sababli Bundesliganing 7-turi doirasidagi "Frayburg"ga qarshi uchrashuvni (3:1) o'tkazib yubordi. Ettita o'yindan so'ng myunxenliklar 17 ochko jamg'argan holda Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.de