"Manchester Yunayted" "Lids" xavbeki bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Alisher
7 apr 2022, 17:02
"Manchester Yunayted" rahbarlari "Lids" yarim himoyachisi Kalvin Fillipsning transferi ustida ishlashmoqda.

26 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash "qizil iblislar"ning yozgi transfer oynasidagi maqsadidir.

Eslatib o'tamiz, Fillipsning "Lids" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Kalvinning xizmatlariga shuningdek Londonning "Vest Xem" klubi qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News