"Manchester Yunayted" "Inter"ga taklif jo'natdi

Mirjalol Normatov
16 okt 2022, 13:31
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

"La Gazzetta Dello Sport" xabariga ko'ra, ingliz klubi 25 yoshli forvard borasida taklif jo'natgan. MYUdagilar transfer borasida futbolchi bilan bog'langan, biroq hali konkret muzokaralar bo'lmagan.

Martinesning "Inter" bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi. Uning bozor summasi 75 mln evro atrofida baholanmoqda. Ushbu mavsumda Martines A Seriyada 9 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport