"Manchester Yunayted" Ikardiga qiziqmoqda

Alisher
15 avg 2022, 10:16
PSJ forvardi Mauro Ikardi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

29 yoshli argentinalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda.

Manchesterliklar vakillari o'yinchining vakillari bilan aloqaga chiqishdi. Ikardi oldinroq "Monca" taklifini rad etgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Get French Football News