"Manchester Yunayted" hujumchi Bouenni sotib olmoqchi

Alisher Ostonov
28 fev 2026
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi 29 yoshli hujumchi Jarrod Bouen bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Hozircha londonliklar hujumchini qo'yib yubormoqchi emas. Ammo, ”Vest Xem" APLni tark etgan taqdirda uning jamoani tark etishi haqiqatga yaqin bo'ladi. Hozirda "bolg'achilar" qutqaruvchi 17-poziciyadan 2 ochko ortda qolgan holda 18-o'rinni egallab turibdi. Qayd etilishicha, "Vest Xem" Bouenni 60 mln evroga baholamoqda.

Bouen 2019 yildan beri “Xall Siti”dan “Vest Xem"da o'ynamoqda. Hujumchi joriy mavsum klub safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk