“Manchester Yunayted” himoyachisi kamida 4 oyga safdan chiqdi

31 iyul 2019, 09:30
Erik Bayi jarohat sabab endi MYUga yordam bera olmaydi.

Bayi “Tottenxem”ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgandi. Endi futbolchi 4-5 oy davomida jarohatini davolash bilan band bo'ladi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ma'lum qildi. Ivuarlik futbolchi 2016 yil Manchester klubiga o'tgandi. U shundan beri jarohat sabab ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24