

Diario AS xabariga ko'ra, gruziyalik darvozabon yozda jamoani tark etmoqchi bo'lgan Din Xendersonning o'rnini egallashi mumkin.
Qayd etilishicha, "ko'rshapalaklar" o'z darvozaboni uchun 15 million evro talab qilmoqda. Mamardashvili "Manchester Yunayted"ga o'tib, u yerda David de Xeaga o'rinbosar rolini o'ynashga rozi bo'ladimi yoki yo'qmi, aniq emas.
Eslatib o'tamiz, Mamardashvilini yanvarda "Valensiya" sotib olgandi. Bungacha gruzin posboni Tbilisining "Dinamo" jamoasida to'p tepgan.



