Mamardashvili: "Liverpul"ga birinchi raqamli bo'lish uchun ketyapman"

Alisher
22 mar 2025, 23:20
"Valensiya" darvozaboni Georgiy Mamardashvili orzusi haqida gapirib berdi.

Darvozabon "Liverpul"ning asosiy darvozaboni bo'lishni maqsad qilganini ta'kidladi. Mamardashvili "Valensiya"da mavsum oxirigacha ijara asosida o'ynaydi.

"Men "Liverpul"ga birinchi raqamli bo'lish va asosiy tarkibga kurashish uchun ketyapman.

Umid qilamanki, yaxshi mashg'ulot olib boraman. O'ynashni juda xohlayman", - dedi Mamaradishvili.

Mamardashvili La Liga joriy mavsumida 24 ta o'yinda maydonga tushdi. Darvozabon 40 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: marca.com