"Manchester Yunayted" Yevropa ligasidagi g'alaba uchun qancha oladi?

Aslanov Jasurbek
25 may 2017, 14:47
"Manchester Yunayted" Yevropa ligasidagi g'alaba uchun 38 mln. funt oladi.

Ingliz jamoasi final bahsida "Ayaks"ni 2:0 hisobida taslim etdi va tarixda ilk marotaba Yevropa ligasi g'olibiga aylandi. Mankunianlar kelasi mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishadi.

Klub Chempionlar ligasiga chiqqani uchun maoshi 20 ming funtdan oshiq bo'lgan futbolchilar o'z maoshiga 25% qo'shimcha pul olishadi. Shu bilan birga UEFA futbolchilarga 1 mln. funt o'tkazib beradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times