
Angliyaning amaldagi chempionlari bilan hamkorlik shartnomasini tuzish uchun Nike, Adidas, Warrior va Puma kompaniyalari kurash olib borishmoqda.
Mazkur kompaniyalarning biri bilan 2015/2016 mavsumi uchun tuziladigan hamkorlik shartnomasi “Manchester Yunayted”ga yiliga 70 million funt olib kelishi mumkin, deb xabar beradi The Guardian.
Shunday qilib “MYU” bu ko'rsatgich bo'yicha rekordchiga aylanadi. Klubning Nike bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yiliga 23.5 million funt foyda keltirmoqda.