“Manchester Siti”dan qoyilmaqom ko'rsatkich

7 fev 2019, 09:05
“Siti” kecha APLning 27-turi doirasida “Everton”ni safarda 2:0 hisobida yutdi.

“Shaharliklar” birinchi bo'lim so'ngi Emerik Laportning zarbasidan so'ng hisobda oldinga chiqib oldi. Bu “Siti”ning o'yindagi darvoza tomon bergan ilk aniq zarbasi edi. U esa gol bilan yakunlandi. “Manchester Siti” joriy mavsum APLning 15 ta o'yinida birinchi berilgan aniq zarba orqali gol urdi. Bu APLning har qaysi klubidan joriy mavsumda minimum 6 ta golga ko'p deganidir.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta