"Manchester Siti" yangi mavsum uchun jamoa sardori kim bo'lishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
9 avg 2019, 22:57
2019/20 yilgi mavsum davomida David Silva "Manchester Siti"ni sardor sifatida boshlab tushadi.

Ispaniyalik futbolchi 2010 yildan buyon "shaharliklar" tarkibida harakat qilib kelmoqda.

Vice-sardorlik vazifasi esa Fernandino va Kevin de Bryuynega topshirildi.

O'tgan mavsumda jamoa sardori Vensan Kompani bo'lgandi. Ushbu mavsum arafasida u erkin agent sifatida "Anderlext"ga o'tib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/mancity