"Manchester Siti" Xoland bilan shartnomani yangilamoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2023, 18:29
Angliyaning "Manchester Siti" klubi hujumchi Erling Xolandga yangi shartnoma taklif qiladi.

22 yoshli forvard 2024 yil yozida 150 mln funtga jamoani tark etishi mumkin edi. Biroq ushbu band jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelajagiga bevosita bog'liq edi va mutaxassisning shartnomasi 2025 yilgacha uzaytirilgach, o'z kuchini yo'qotgandi.

Endilikda "Siti" Xoland bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Yangi hujjatda tovon puli bo'yicha band bo'ladimi yoki yo'q, hozircha noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia