"Manchester Siti" uch futbolchisini ketkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
13 fev 2020, 20:29
Bir necha futbolchilar "shaharliklar" tarkibidan ketishga yaqin.

"Athletic" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" yozgi transferlar oynasi vaqtida bir necha futbolchilarini sotib yuboradi.

Qayd etilishicha, ro'yxatda Gabriel Jezus, Nikolas Otamendi va Benjamen Mendi kabi futbolchilar o'rin olgan. Klubdagilar ushbu futbolchilarning o'yinlaridan mamnun emas va shu boisdan ular transferga qo'yilgan.

Transfyerdan tushgan mablag' esa markaziy hujumchi va markaziy himoyachi olishga ishlatiladi.

Ayni damda "Siti"ning e'tibori "Lester" himoyachisi Chaglar Seyonjuda bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Athletic