"Manchester Siti" Suaresga qiziqib qoldi va u uchun 138 mln. evro taklif qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 mar 2015, 14:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Barselona" hujumchisi Luis Suaresga qiziqib qolgan.

Xabarlarga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati Urugvay terma jamoasi futbolchisini xarid qilish yo'llarini izlayapti va uning uchun 138 mln. evro to'lashga tayyor. Oldinroq "Manchester Siti" ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messiga qiziqqan edi.

Eslatib o'tamiz, Suares o'tgan yozda "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan. Futbolchi bu mavsumda Ispaniya chempionatining 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 9ta golli pas uzatdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com