"Manchester Siti" sardori bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti

Alisher Ostonov
14 sen 2025, 17:19
"Manchester Siti"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silvaning kelajagi haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

"Manchester Siti" 31 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmasligi mumkin, bu esa unga kelasi yozda jamoani erkin agent sifatida tark etish imkonini beradi.

Xavbekka Italiyaning "Yuventus" va Portugaliyaning "Benfika" klublari qiziqish bildirmoqda. Bernardu Silva 2017 yilda "Manchester Siti" futbolchisiga aylangan.

U joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasida uchta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Silvaning narxi 38 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Diario AS