"Manchester Siti" "Nyukasl" futbolchisi uchun 117 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
16 mar 2024, 15:16
"Manchester Siti" Bruno Gimarayshga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" tayanch yarim himoyachisi qidirmoqda. Nomzodlar safida Joshua Kimmix ("Bavariya"), Duglas Luis ("Aston Villa") bor.

"Manchester Siti" Bruno uchun 117 mln. evroni uchga bo'lib to'lashga tayyor. Futbolchiga boshqa top klublar ham qiziqish bildirmoqda. Brunoning o'zi faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi.

Gimayraysh joriy mavsum barcha turnirlarda 39ta bahsda ishtirok etib, 3ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As