"Manchester Siti" kibersport tashkiloti bilan hamkorlikni boshladi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 14:57
"FaZe Clan" kibersport tashkiloti "Manchester Siti" bilan hamkorlik borasidagi xabarni ma'lum qildi.

"Manchester Siti" matbuoti ham ushbu xabarni tasdiqladi. Qayd etilishicha, bu hamkorlik futbol va kibersportni bog'lash tizimini yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Shartnomaga ko'ra, tomonlar bir necha bora AQSH va butun dunyo bo'ylab katta tadbirlarda qatnashishi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal