"Manchester Siti" "Fluminense"ning yosh braziliyalik futbolchisi transferini hal qildi

Alisher
24 apr 2021, 09:00
"Manchester Siti" "Fluminense" bilan 17 yoshli vinger Kayki da Silvaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Futbolchi yangi klubiga Braziliyada mavsum tugaganidan, aniqrog'i yil so'nggida qo'shiladi.

"Manchester Siti" braziliyalik o'yinchining transferi uchun 10 mln evro to'ladi.

Kayki joriy mavsum barcha musobaqalarda doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManCity