"Manchester Siti" Felish uchun Jezusni sotishga tayyor

Tolibjon Qosimov
9 may 2019, 15:25
Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Benfika" hujumkor yarim himoyachisi Joau Felishni xarid qilish uchun bir nechta o'yinchilarini sotishga ham tayyor.

Bu haqda Portugaliyaning "A Bola" nashri xabar berdi.

"Shaharliklar" 19 yoshli portugaliyalikni sotib olish uchun pul ajratish maqsadida jamoaning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezusni sotishga ham tayyor. Gap shunda-ki, lissabonliklar Felishni 120 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Manchesterliklar esa moliyaviy "feyr-pley"ga amal qilishlari zarur.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola