“Manchester Siti” - “Everton” - 1:1. 2 ta qizil va 2 ta gol

Aslanov Jasurbek
22 avg 2017
Hozirgina Angliya Premer-ligasining 2-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv ham yakuniga etdi.

Unda “Manchester Siti” klubi “Everton”ni qabul qildi. Hujumkor ruhda o'tgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Ueyn Runining goliga Rahim Sterling o'zining chiroyli va aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

E'tiborlisi, uchrashuv bosh hakami har ikkala jamoadan ham bir nafardan futbolchini maydondan chetlatdi. “Manchester Siti” vakili Uokerning ikki daqiqa oralig'ida ikki bor ogohlantirilib, maydondan chetlatilgani e'tiborga molik holat.  


APL. 2-tur

“Manchester Siti” - “Everton” - 1:1 (0:1)

Gollar: 0:1 – 35 Runi, 1:1 – 82 Sterling.

“Manchester Siti” – Ederson, Kompani, Stounz (Danilo, 65), Uoker, Otamendi, de Bryuyne, Sane (Bernardu Silva, 69), Fernandino, Silva, Gabriel Jezus (Sterling, 46), Aguero.

“Everton” – Pikford, Uilyams (Klassen, 61), Jagelka, Beyns, Kin, Guye, Shnayderlin, Devis (Sigurdsson, 61), Xolgeyt, Kelvert-Lyuin, Runi.

Ogohlantirishlar: Shnayderlin (7), Devis (24), Uoker (42), Kompani (78), Runi (84).

Chetlatishlar: Uoker (44), Shnayderlin (88).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: