

Kelasi yilning boshlarida kompaniya klubning 90 foiz akciyalarini sotib oladi.
Qayd etish kerak, "City Football Group" kompaniyasiga hozirning o'zida "Manchester Siti", "Jirona", "Trua", "Lommel" (Belgiya), "Nyu-York Siti" (AQSH), "Montevideo Siti Torke" (Urugvay), "Melburn Siti", "Mumbay Siti" (Hindiston), "Sichuan Czyunyu" (Xitoy), "Yokogama Marinos" (Yaponiya) va "Palermo" kabi klublar kiradi.
"Baiya" ushbu mavsumda Braziliyaning yuqori divizioniga chiqdi. Braziliya A Seriyasida yangi mavsum kelasi yili start oladi.



