"Manchester Siti" darvozaboni "Byornli"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023, 18:18
"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford "Byornli"ga o'tishga yaqin turibdi.

Klublar 19 million funtga baholangan ushbu transfer bo'yicha kelishib olishgan. Bu summadagi bonus 4 millionni tashkil etadi. Futbolchining yangi jamoasi bilan shartnomasida "shaharliklar" sotib olish variantini qo'shib qo'yishadi.

Avvalroq darvozabon "Bolton"da ijara asosida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC