

Britaniyaning Sun Sport nashri bergan ma'lumotga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati yozda Serxio Agueroni LaLiga forvardiga almashtirmoqchi. Gap "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann haqida ketmoqda. Oldinroq, ispan OAV "Barselona" yozda Grizmanni xarid qilishi haqida e'lon qilgan edi, biroq Kataloniya klubi rasmiy saytida bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmasligi aytildi.
Eslatib o'tamiz, Serxio Aguero 2006-2011 yillarda "Atletiko" sharafini himoya qilgan.



