

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "Vest Xem" "Sautgempton"ga yarim himoyachi Jeyms Uord-Prouz uchun 20 mln funt taklif qildi. "Avliyolar" o'z yetakchisi uchun ko'proq narsani xohlamoqda – 40 mln funt. Biroq "Sautgempton" APLdan tushib ketdi, 28 yoshli yarim himoyachi esa Chempionshipda o'ynashi dargumon. Shuning uchun "Vest Xem" narxni tushirishga harakat qiladi.
Jeyms Uord-Prouz APLda 343 ta o'yin o'tkazib, 49 ta gol va 40 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, u Angliya terma jamoasi safida 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.



