Manba: "Barselona" Messiga qaytishni taklif qilmagan

Sherzod Nurmatov
27 may 2023, 11:06
Bu haqda Leoning o'zi aytdi.

Lionel Messi "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlariga klub rahbariyatidan qaytish bo'yicha real taklif olmaganini ta'kidladi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

Lionel Messi o'tgan hafta La Liga doirasida "Espanol" bilan chempionlik uchun o'yindan so'ng, o'zining kichik tatili vaqtida Fransiya poytaxtiga kelib, Jordi Alba, Serji Roberto va Serxio Buskets bilan uchrashgan.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2021 yilning yozida "Barselona"ni tark etgandi. Uning PSJ bilan shartnomasi ikki oydan kamroq vaqt ichida tugaydi. Messiga Saudiya Arabistoni ligasiga o'tish uchun katta pul taklif qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo