“Man Siti” “Barselona” xavbeki bilan qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
27 dek 2020, 20:20
Kataloniyaliklar yarim himoyachisi Riki Puch “Manchester Siti” nazariga tushdi.

“Shaharliklar” 21 yoshli futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqchi. Uning “Barsa” bilan shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi. Puch esa o'yin amaliyoti kamligi tufayli jamoa bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

Avvalroq, Ronald Kuman futbolchi o'zi uchun boshqa klub izlashi kerakligini aytgandi. U joriy mavsum 4 ta o'yinda zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Todo Fichajes