“Man Siti” 68 mln evrolik transferini e'lon qildi

30 sen 2020, 08:45
Ruben Diash - “shaharliklar” a'zosi.

“Manchester Siti” rasman “Benfika”dan himoyachi Ruben Diashni sotib olganini e'lon qildi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Diash bilan 2026 yil yoziga qadar kelishuv imzolangan. U jamoada 3-raqam ostida harakat qiladi.

Avvalroq “Siti” futbolchi uchun “Benfika”da 68 mln evro to'lashi xabar qilingandi. “Benfika” esa o'z navbatida “shaharliklar”dan 15 mln evro evaziga Nikolas Otamendini sotib oldi.

Diash “Man Siti”ning joriy transferlar oynasidagi uchinchi xaridi bo'ldi. Avvalroq klub Ferran Torres hamda Natan Akelarni sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Манчестер Сити” расмий сайти