“Malorka” – “Barselona bahsi vaqtida maydonga yugurib tushgan muxlis nega bunday qilganini izohladi

Eldor Akmurzayev
14 iyun 2020, 19:40
U kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi bilan rasmga tushishni xohlagan.

“Buni koronavirus boshlanishidan oldin rejalashtirganman. Messi – mening sevimli futbolchim. O'yin bekor qilinishidan avval, u bilan rasmga tushishni istagandim. Orzuim – birgalikda rasmga tushish va u bilan tanishish.

Biroq, birinchi Albani ko'rdim va u bilan suratga tushdim, keyin esa Messi tomonga yugurdim, lekin virus tufayli u suratga tushishni xohlamadi. Do'stlarim bilan birga edim va 40-daqiqagacha stadionga yetib bordim. 2 metrli to'siqdan oshib o'tdim va zinapoyalardan tushib maydonga yugurdim. Menga fotosuratni o'chirib, ma'lumotlarim keltirilgan hujjatga qo'l qo'yishimni so'rashdi. Jarima to'lash yo to'lamaslik bo'yicha esa hech narsa aytilmadi”, deydi muxlis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport