Malla sochli ruminlarning ayanchli taqdiri

Narzulla Saydullayev
6 mar 2018, 19:10
Ruminiya terma jamoasi 90-yillarda juda katta shov-shuvlarga sabab bo'lganidan xabaringiz bor.

Jamoaning ko'zga ko'ringan, iqtidorli yetakchilaridan biri George Xadji edi. O'sha avlod termasi ketma-ket uch marotaba Jahon Chempionatida ajoyib ishtirok etgan va jamoatchilik e'tiboriga sazovor bo'lgan. O'sha musobaqalarda ruminiyaliklar muntazam ravishda pley-off bosqichiga chiqqan. JCH-1990 guruh bosqichida Argentina terma jamoasidan o'zib ketishgan bo'lsa, JCH-1994da esa oq-havoranglilarni xattoki, chorak finalga ham chiqishiga imkon qoldirishmagan edi. 4 yildan so'ng, Xadji boshchiligidagi jamoa, Kolumbiya va Angliya termalari bilan bo'lgan dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozongan va guruh bosqichining so'nggi turidan avval pley-offga chiqqan.

Ammo, Fransiyada bo'lib o'tgan JCH-1998da Ruminiya termasi nafaqat o'zining g'alabalari va juda chiroyli o'yini bilan ko'pchilikning yodida qolgan.

O'sha paytda Ruminiya terma jamoasi a'zolari, kal Bogdan Stelyadan tashqari, sochlarini sariq rangga bo'yab, maydonga tushishganini muxlislar yaxshi eslaydi. Agar guruh bosqichidan chiqolsak, unda jamoamiz bilan qandaydir esda qolarli qiliq o'ylab topamiz deb kelishib olgandik. Ana shundan keyin, hammamiz sochimizni sariq rangga bo'yashga qaror qilganmiz, albatta mendan tashqari. Chunki u paytda mening sochlarim yo'q edi, - o'sha vaqtdagi shirin xotiralarni eslab shunday deydi Stelya.

Jamoada yana bir sochi yo'q vakil bor edi – bosh murabbiyi Angel Yordenesku. Avvaliga u ham sochini oldirishga rozi bo'lgandi. Lekin doim kepka kiyib yurgan. U bizni aldadi! U o'z vadasida turolmadi, - deydi Bogdan.

Futbolchilarning sochni bo'yash rejasi jamoa ruxini ko'tarish uchun zarur edi, lekin amalda buning aksi bo'lib chiqdi va natijada ular o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'kotib qo'yishdi. Shundan so'ng, Ruminiya jamoasi Tunis termasi bilan bo'lgan uchrashuvda durrang (1:1) natijani qayd etib, birinchi o'rindan pley-offga chiqdi. Lekin, o'shandayoq jamoa o'yinidagi o'zgarish sezilgandi.

Avvaliga bundan juda xursand edik, - deydi Stelya. - Ammo birozdan so'ng, hamma axmoqona chiqish qilganini tushunib etdi. Xattoki, unga yigitlarning turmush o'rtog'i ham norozilik bildirgandi. Bu haqiqatdan ham juda g'alati va axmoqona fikr bo'lgan ekan. Buni so'z bilan tariflashning iloji yo'q! 1/8 finalda Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o'yindan oldin Yordenesku o'yinchilar yana avvalgi holatiga qaytishini, bu o'yin natijasiga ta’sir qilishi mumkinligini takidlagan. Ammo futbolchilar bunga ortiqcha vaqt yo'qligini ro'kach qilganlar, xolos.

Yordenesku haq bo'lib chiqdi, xorvatlar Davor Shukerning penaltidan urgan goli evaziga zafar quchdi, Ruminiya termasi esa o'shandan buyon biror marta Jahon Chempionati final bosqichida ishtirok etmadi. Bunga yorqin sariq rangli sochlar aybdormi yoki aksincha… Nima bo'lganda ham, har holda Ruminiya termasining oltin avlodining mundialdagi so'nggi ishtiroki shunday yakun topgan edi.

FIFA saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com