Malkom: "Bavariya" - dunyoning eng yirik klublaridan biri, biroq APL ham qiziq"

Aslanov Jasurbek
21 mar 2018, 17:43
"Bordo" xavbeki Malkom kelajakda qaysi klubni tanlashi mumkinligi haqida aytib berdi.

"Bavariya" - dunyoning eng yirik buyuk klublaridan biri, ular safida o'ynash orzuimning ro'yobi bo'lar edi. Ular mening nomzodimni ko'rib chiqayotganidan mamnunman.

O'z o'yinimni kuchaytirish uchun ishlashda davom etaman, kim biladi, tez orada Myunxen klubiga o'tarman.

"Bordo"ni tark etish vaqti keldi deb o'ylayman. Yaxshi ishladim, klubdan minnatdorman. Menga yangi nishon kerak, maqsadlarim ko'p.

APLda o'ynash ham qiziq. Ingliz tilini tez o'rgandim, muammolarga duch kelganim yo'q. Angliyaga ko'nikib ketishim oson bo'ladi deb o'ylayman" - deydi Malkom.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Germany